Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston milliy kutubxonasi 14,6 mln. dollarga teng loyihani amalga oshirmoqda

O‘zbekiston milliy kutubxonasi 14,6 mln. dollarga teng loyihani amalga oshirmoqda

Shu kunlarda Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Janubiy Koreyada elektron kutubxona sohasidagi yutuqlar bilan yaqindan tanishib, o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Agentlik rasmiy saytida yozilishicha, delegatsiya a’zolari 12-iyul kuni Seulda joylashgan, 6,5 million (shundan 844 mingtasi xorijiy nashrlar) bosma va elektron kitob fondiga ega Koreya milliy kutubxonasi hamda Yonsey universitetining Markaziy kutubxonasi faoliyati, u yerda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

Shu kuni Laziz Tangriyev va Janubiy Koreya milliy kutubxonasining Elektron kutubxonasi direktori Hyung Ho Lee o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Koreya Respublikasining Eksimbank muassasisi tomonidan 14,6 mln. AQSh dollariga moliyalashtirilayotgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida amalga oshirilayotgan «Milliy umuta’lim kutubxona» loyihasi mazkur davlatning elektron kutubxona tajribasi asosida yaratilayotgani, bu borada koreyalik mutaxassislarning ko‘magini alohida ta’kidlab, «Koreyaga nigoh» loyihasini yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashishni davom ettirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanini bildirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring