Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlarining Pokiston uzra parvozlari tiklandi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlarining Pokiston uzra parvozlari tiklandi

Foto:«Xabar.uz»

Bugundan e’tiboran Pokiston va Hindiston barcha tijoriy parvozlar uchun o‘z havo kengliklari hududini ochdi. Hozirda aviakompaniyalar joriy yilning 27-fevral kuni taqiq joriy etilgunga qadar foydalanib kelgan yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni qayta yo‘lga qo‘ymoqda. Shu munosabat bilan, MAKning Dehli, Mumbay, Bangkok, Kuala Lumpur va Jakartaga reyslari optimal yo‘nalishlardan foydalanishni tiklamoqda. Bu haqda O‘zbekiston transport vazirligi xabar berdi. 

Rasmda «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining HY428 Mumbay- Toshkent reysi Pokiston ustidan uchib o‘tayotgani aks etgan.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi siyosiy mojarolar tufayli havo yo‘llari yopilganini sabab 2019-yil 1-martdagi Lahor-Toshkent reysi bekor qilgandi. 

Havo yo‘llarining yopilgani Pokiston-Hindiston o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar bilan bog‘liq edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring