O‘zbekiston ham epidemiologik cheklovni bekor qildi
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2022 yil 10 iyundan boshlab O‘zbekistonga turizm maqsadida tashrif buyuruvchi kishilar uchun aviaqatnovlar, chegaradosh temir yo‘l stansiyalari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlari orqali harakatlanishida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq o‘rnatilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilinadi.
«Shu bois xorijlik sayyohlar O‘zbekistonga kelishidan oldin koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy natijali ma’lumotga ega bo‘lishi, koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi hamda tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lishi talab etiladigan Maxsus komissiyaning bayonlari bilan kiritilgan koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq qoidalar bekor qilinadi», deyiladi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya ham sayyohlar uchun epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq taqiqlarni bekor qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter