Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston fuqarosi Xabarovsk kasalxonasida vafot etdi — TIV

O‘zbekiston fuqarosi Xabarovsk kasalxonasida vafot etdi — TIV

Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi xabar berishicha, 2020-yilning 30-yanvar kuni Xabarovsk o‘lkasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng Xabarovsk shahri kasalxonasiga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarosi S.F. komadan chiqmay, 14-fevral kuni kasalxonada vafot etgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur vaziyat Bosh konsulxonaning doimiy nazoratida bo‘lgan. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalar hal qilinmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi — Yoqutiston, Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin:

+7-423-260-48-00,

+7-951-018-70-07.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring