O‘zbekiston fuqarosi Turkiya bankini o‘marmoqchi bo‘ldi

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarosi J.O.ning 2019-yil 17-dekabr kuni Antaliya shahridagi banklardan birining filialiga hujum qilgani va ikki nafar texnik xodimni garovga olgani to‘g‘risidagi xabarni tasdiqladi.
Bungacha, Turkiyaning «Haberler» nashri mazkur jinoyat yuzasidan ma’lumot bergandi.
Hozirda, J.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 18-dekabr kuni Antaliya Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida sud jarayoni boshlangan. Advokatlarning ayblanuvchi bilan uchrashishiga ruxsat berildi, biroq u konsullik yordami olishdan voz kechgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter