O‘zbekiston fuqaroligidan mahrum qilingan IIV xodimining huquqi tiklandi
Ko‘p yillar Ichki ishlar organlarida faoliyat olib borgan Xurshida Jalilova 2012-yilning 29-iyunida Samarqand viloyat IIB tomonidan fuqarolikdan mahrum qilingan edi.
7 yil davomida u fuqarolikni qaytarib olish uchun sarson bo‘ldi, juda ko‘p to‘siqlarga uchradi. Buning oqibatida uning ikki o‘g‘li Firdavs va Fuzuliy na ishga joylasha oldi va na oila qurdi.
Nihoyat 2019-yilning 11-fevral kuni uning yetti yillik harakati o‘z samarasini berdi. Ular Samarqand shahar fuqarolik va migratsiyani rasmiylashtirish bo‘limidan uzoq orziqib kutilgan biometrik pasportlarini olish uchun suratga tushdilar.
«Ushbu orzuimga erishishimga menga yaqindan yordam bergani uchun O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi xodimlariga minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman. Qo‘mita mening murojaatimni e’tibordan chetda qoldirmadi» , deya o‘z minnatdorchiligini bildirgan Xurshida Jalilova.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter