Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston fuqarolarining jasadi Oqto‘ba o‘likxonasiga olib borildi

O‘zbekiston fuqarolarining jasadi Oqto‘ba o‘likxonasiga olib borildi

Foto: «Kazinform»

Qozog‘istonda sodir etilgan avtobusdagi yong‘in sabab halok bo‘lgan 50 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari Oqto‘ba shahar o‘likxonasiga olib borildi. Bu haqda «Interfax» sayti xabar bermoqda.

«50 nafar halok bo‘lganlarning jasadi Oqto‘ba o‘likxonasiga olib borildi. Ularning shaxsini aniqlash masalasiga kelsak, jarayonning qanday o‘tishi hali noma’lum», deydi Qozog‘iston Respublikasining favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi mintaqaviy bo‘limi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur fojiada qurbon bo‘lganlarning birlamchi ro‘yxatini e’lon qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring