O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bosh rassomi vafot etdi

2020-yil 20-iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bosh rassomi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Botirov Zubaydulla Borisovich 57 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Zubaydulla Botirov 1963-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. 1986-yilda Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini, 1995-yilda Mannon Uyg‘ur nomidagi san’at institutining «Teatr dekoratsiyasi» bo‘limini tamomlagan.
1997—2005-yillarda Toshkent shahrida O‘zbekiston Mustaqilligi kuniga bag‘ishlangan bayram tantanalarida sahnalashtiruvchi rassom sifatida ishlagan.
Botirovga 2010-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan. U 1994-yildan buyon Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta teatrida ijodiy faoliyatini yuritib kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter