O‘zbekiston bozorlaridagi narx-navo xususida ma’lumot berildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoni o‘rgandi.
1 iyun holatiga ko‘ra zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning narx-navolari bilan tanishing. Eng arzon va qimmat narxlarda.
Tibbiy niqob, Andijon va Namangan viloyatida 500 so‘m, Toshkent shahrida 6 ming so‘m.
Antiseptik gel; Andijonda 700 so‘m bo‘lsa, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatida 20 ming so‘mgacha.
Mahalliy un birinchi navi; Toshkent viloyatida 1700 so‘m, Toshkent shahrida 6 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Qolipli non; Qoraqalpog‘iston va Andijon viloyatlarida 1250 so‘m, Navoiy, Toshkent viloyatida 2 ming so‘m.
Makaron; Qoraqalpog‘istonda 2500 so‘m, Buxoro viloyatida 10 ming so‘m.
Shakar; Andijon viloyatida 4 ming so‘m, Navoiy, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 7 ming so‘m.
O‘simlik yog‘i; Toshkent shahrida 7500 so‘mdan 15300 so‘mgacha.
Ho‘jalik sovuni; Farg‘onada 1000 so‘m, Toshkent shahrida 4 ming so‘m.
Tuxum; Qoraqalpog‘iston va Andijonda 500 so‘m, Toshkent shahrida 1200 so‘m.
Mol go‘shti; Qoraqalpog‘iston respublikasida 37 ming so‘m bo‘lsa, Toshkent shahrida 70 ming so‘m.
Qo‘y go‘shni o‘rtacha hisobda Toshkent shahrida 39 mingdan 75 ming so‘mgacha.
Tovuq sho‘shti; Namangan viloyatida 10 ming so‘m, Toshkent viloyatida 30 ming so‘m.
Guruch: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 3 ming so‘mdan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 16 ming so‘mdan.
Kartoshka; Surxondaryo viloyatida 1000 so‘m, Toshkent vilotida 6500 so‘m.
Piyoz; Suxondaryoda 500 so‘m, Toshkent viloyati va Samarqand viloyatida 4 mig so‘m.
Sabzi; Surxondaryoda 500 so‘m, Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 2500 so‘mgacha.
Sarimsoq piyoz; Qashqadaryoda 10 ming so‘m, Farg‘onada 9 ming so‘m, Toshket viloyatida 80 mingdan sotilgan bo‘lsa, Samarqand viloyatida 90 ming so‘mgacha sotilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter