Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bo‘ylab piyoda yurish marafoni tashkil etildi (foto)

O‘zbekiston bo‘ylab piyoda yurish marafoni tashkil etildi (foto)

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

1991 yil 18 noyabrda «O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilingani munosabati bilan bugun, 16 noyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan yurtimiz bo‘ylab piyoda yurish marafoni tashkil etildi. Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxanova va Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, haftada atigi 2,5 soatlik jismoniy faollik erta o‘lim holatlarini 28 foizga, yurak kasalliklarini ehtimolini esa 20 foizga kamaytirar ekan. Ya’ni, haftada kamida 150 daqiqa jismoniy faol bo‘lgan insonlar kamroq harakatlanadiganlarga qaraganda sog‘lomroq ekan. Bundan tashqari, jismoniy faollik natijasida organizmda biosintez jarayoni faollashadi, qon aylanish jarayoni 4-5 marta kuchayadi, yurak qisqarishlari soni tezlashadi, bu esa organizmda yangi energiya hosil bo‘lishiga va energiya bilan ta’minlanish yaxshilanishiga olib keladi.

Sog‘lom turmush targ‘ibotiga qaratilgan ushbu ommaviy piyoda yurish marafoni mamlakatimizning barcha hududlarida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Jumladan, poytaxtimizdagi ko‘rkam «Ashxobod» sayilgohida o‘tkazilgan marafonda minglab aholi ishtirok etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring