O‘zbekiston biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish reytingida keskin yuqoriladi
Toshkent viloyatida Tatariston Respublikasining kuchli industrial sanoati delegatsiyasi ishtirokida ikki tomonlama biznes forum bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Tatariston Respublikasi hukumat rahbarlari, vazirlik idoralari o‘rinbosarlari va MDHda yuqori o‘rinlarda turuvchi Tatariston Respublikasining 20 nafar ilg‘or tadbirkorlari, Davlat xizmatlari agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi hamda O‘rtachirchiq tuman Davlat xizmatlari markazi rahbari ishtirok etdi.
Biznesni ruyxatdan o‘tkazish-«Doing business-2018» global reytingidagi ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston 24-o‘rindan11-o‘ringa ko‘tarilgani, forum ishtirokchilari tomonidan alohida qayd etildi.
Forum davomida delegatlar viloyat Davlat xizmatlari faoliyatiga oid taqdimot materiallari, ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishib, o‘z ijobiy fikrlarini bildirishdi.
Toshkent viloyatida tadbirkorlik sub’yektlariga, xususan investorlar uchun davlat xizmatlari ko‘rsatish borasida yaratilgan qulayliklar, imtiyoz va imkoniyatlar, shular jumlasidan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter