Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bezgakdan xoli davlat sifatida tan olindi

O‘zbekiston bezgakdan xoli davlat sifatida tan olindi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanovga JSSTning bezgak kasalligini eliminatsiya qilgan davlat maqomini tasdiqlovchi sertifikatini taqdim etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Tadbir davomida L.Kuppens xonim O‘zbekiston so‘nggi yillarda hududni  bezgakdan xoli qilish borasida katta qadam tashlaganini qayd etib, buni ulkan va tarixiy yutuq sifatida e’tirof etdi.

«Bu natijaga erishish uchun mamlakatimizda shifokor, sanitariya va epidemiologiya tizimi mutaxassislari tomonidan bezgakka qarshi kurashish bilan bog‘liq keng ko‘lamli ish olib borildi. Maqsadli tadbirlar o‘tkazilishi natijasida yurtimizda so‘ngi yillarda bezgakning mahalliy qayd etilishi umuman  kuzatilmagan», — deyiladi xabarda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring