O‘zbekiston aholisining soni oshdi

O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018-yil 1-aprel holatiga 32763,7 ming kishini tashkil etib, 2018-yilning yanvar-mart oylaridan 107,0 ming kishiga yoki 0,3 %ga o‘sgan. Jumladan, shahar aholisi soni 16583,0 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6 %), qishloq aholisi soni 16180,7 ming kishini (49,4 %) tashkil etdi.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018-yil 1-aprel holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida 3733,7 ming kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 %ni) va Farg‘ona viloyatida 3631,0 ming kishini (11,1 %), aksincha eng kam aholi soni Sirdaryo viloyatida 818,4 ming kishini (2,5 %) va Navoiy viloyatida 961,3 ming kishi (2,9 %) tashkil etdi.
Hududlar kesimida aholining eng yuqori o‘sish sur’ati 2017-yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida 2,1 %ga, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida 1,9 %ga, Jizzax, Namangan viloyatlarida va Toshkent shahrida 1,8 %ga, aksincha eng kam o‘sish sur’ati Toshkent viloyatida 1,1 %ni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Buxoro viloyatida 1,4 %ni tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter