Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamshid Qo‘chqorov: «O‘zbekiston 300 million dollargacha qiymatdagi yevroobligatsiyalarni sotishni rejalashtirayapti»

Jamshid Qo‘chqorov: «O‘zbekiston 300 million dollargacha qiymatdagi yevroobligatsiyalarni sotishni rejalashtirayapti»

Jamshid Qo‘chqorov — O‘zbekiston Moliya vaziri.

Foto: Xalqaro Press klub

O‘zbekiston joriy yilda ilk bor 200dan 300 million AQSh dollarigacha bo‘lgan qiymatdagi yevroobligatsiyalarni sotishni rejalashtirayapti. Bu haqda «Bloomberg» axborot agentligiga Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda «Xalq so‘zi Online» nashri.

O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolagan AQShning «Citigroup Inc.» kompaniyasi mamlakatimizning suveren(mustaqil) kredit reytingini yaratish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yevrobondlarni chiqarish hajmi hozircha muhokama etilayapti va shu bo‘yicha qaror Prezident tomonidan qabul qilinadi. «Biz o‘zbek kompaniyalari ham xalqaro moliya bozoriga chiqishini xohlaymiz. Bizning maqsad ularni zamonaviy korporatsiyalarga aylantirishdir», — deb aytgan Jamshid Qo‘chqorov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring