Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ipoteka-bank O‘zbekiston banklari orasida birinchilardan bo‘lib xalqaro moliya bozoriga milliy valyutada yevroobligatsiya chiqardi

Ipoteka-bank O‘zbekiston banklari orasida birinchilardan bo‘lib xalqaro moliya bozoriga milliy valyutada yevroobligatsiya chiqardi

«Ipoteka-bank» aksiyadorlik-tijorat bank Respublikamizdagi korporativ emitentlar orasida birinchi bo‘lib obligatsiyalarni milliy valyutada xalqaro kapital bozoriga muvaffaqiyatli tarzda chiqarish va joylashtirishga erishdi.

16-aprel kuni Ipoteka-bankning 3-yillik 785 milliard so‘m (75 million AQSh dollari ekvivalenti) miqdoridagi yevroobligatsiyalari xalqaro Vena fond birjasida yillik 16 foiz kupon stavkasi asosida muvaffaqiyatli joylashtirishga erilishildi. Xalqaro obligatsiyalarning milliy valyutadagi debyut emissiyasi xalqaro miqyosda tan olingan J.P. Morgan (AQSh) anderrayting banki va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshirildi.

Qayd etish lozimki, bankimiz tomonidan milliy valyutadagi xalqaro yevroobligatsiyalarning muvaffaqiyatli joylashtirilishi xalqaro kapital bozoriga qimmatli qog‘ozlarini chiqarishni rejalashtirgan yurtimizdagi boshqa salohiyatli emitentlarning ham ishtiyoqini oshiradi va natijada chet eldan valyuta xatarlari kam bo‘lgan milliy valyutadagi uzoq muddatli qo‘shimcha resurslar jalb qilinishiga keng yo‘l ochadi.

Shu o‘rinda, «Ipoteka-bank, suveren darajadagi yuqori kredit reytingiga ega bo‘lgan faol xalqaro emitent sifatida, aniq maqsadni ko‘zlagan holda moliya bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashda, salohiyatli investorlarning geografik bazasini kengaytirishda hamda moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtda ushbu doiradagi eng past foiz stavkada amalga oshirilgan uzoq muddatli bitimning, shubhasiz, bankning shu kabi keyingi emissiyalari uchun oriyentir bo‘lib xizmat qilishi uning o‘ziga xos xususiyatidir. Ipoteka-bank tomonidan yevroobligatsiyalar joylashtirilishi bo‘yicha potensial investorlar bilan olib borilgan muzokaralar samarasida sarmoyadorlar tomonidan berilgan talab taklifga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi», - deya ta’kidladi Bank Boshqaruv Raisi E. Inomjonov.

Eslatib o‘tamizki, ilk marotaba, 2020-yilning noyabr oyida, Ipoteka-bankning 300 million AQSh dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalari xalqaro London fond birjasida ro‘yxatdan o‘tkazilib muvafaqqiyatli joylashtirilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring