Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekenergo»: Mo‘ynoqda 14,1 km elektr tarmoqlari va 6 ta transformator punktlari yangidan quriladi 

«O‘zbekenergo»: Mo‘ynoqda 14,1 km elektr tarmoqlari va 6 ta transformator punktlari yangidan quriladi 

Foto: «O‘zbekenergo» matbuot xizmati

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida elektr energiyani iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha 2018 yil davomida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, tumandagi elektr energiyasi iste’molchilariga o‘tgan yilda jami – 18,3 mln. kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berildi, deb xabar bermoqda «O‘zbekenergo» AJ matbuot xizmati.

Prezidentning «2017 – 2021 yillarda past kuchlanish tarmoqlarni modernizatsiya va yangilash Dasturi to‘g‘risida»gi qarori asosida besh yil davomida Mo‘ynoq tumanida  22,5 km. uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari, 17 dona transformator punktlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari belgilangan bo‘lib, buning uchun 2,8 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.

O‘tgan yilda mazkur qaror doirasida 10,4 km. elektr uzatish tarmoqlari va 3 ta transformator punkti rekonstruksiya qilingan va yangidan qurilgan. Natijada, Uchsoy, Do‘stlik, Talliuzak va Tikuzak mahallalaridagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilangan. 

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha 43,8 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va  19 dona transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Amalga oshirilgan ishlar samarasi o‘laroq 20 ta mahalladagi 3 600 dan ortiq aholi xonadonlari, joylardagi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’yektlari va ijtimoiy soha ob’yektlarining elektr ta’minoti barqarorlashdi. 

2019 yilda «Obod qishloq» dasturi doirasida 14,1 km. elektr tarmoqlari va 6 ta transformator punkti rekonstruksiya qilinishi va yangidan qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2019-2020 yil kuz-qish mavsumiga elektr qurilmalarni tayyorlash bo‘yicha 48,4 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va  20 dona transformator punkti mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring