O‘zbek olimlari Usmonlilar imperiyasi arxivini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar
Turkiya Respublikasi Turkiy tillar tarixi va madaniyati «TURKTAV» jamg‘armasi «ShHT mamlakatlari hamkorligining yangi bosqichi: turizm va madaniy meros» xalqaro forumi doirasida o‘zbekistonlik tadqiqotchilarga Usmonli imperiyasining tarixiy arxivlarga kirish imkoniyatini taqdim etdi. Endilikda o‘zbek olimlari Usmonlilar saltanati arxiviga tayangan holda O‘zbekiston tarixiga oid bir qator hujjatlarni tiklashlari mumkin.
Xabar qilinishicha, ayni vaqtga qadar Fond tomonidan 55 ming elektron qo‘lyozma hujjatlar raqamlashtirilgan.
Usmonlilar davlati olti asrlik hukmronlik davrida o‘zi bevosita aloqador bo‘lgan mamlakatlarning geografiyasi va tarixiga oid millionlab hujjatlarni yaratdi. Bugungi kungacha yetib kelgan bu hujjatlar Turkiya arxivlari fondlarida saqlanmoqda va ularning soni millionlarni tashkil etadi. Bu boy to‘plam keng geografiyani o‘z ichiga olgan bo‘lib, Usmonlilar imperiyasi tarkibida bo‘lgan va bugungi kunda mustaqillikka erishgan qariyb qirq davlat, shuningdek, XV-XX asrlarda Yaponiyadan Amerikaga qadar mavjud bo‘lgan yuzlab mamlakatlar tarixiga oid hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Arxivda ushbu davlatlarning XX asrgacha bo‘lgan tarixini yoritib turuvchi hujjatlar mavjud. Shunday qilib, turkiy arxiv fondlarida tarixiy Turkiston xonliklarining farmonlari, o‘zaro munosabatlari, shuningdek, atrofdagi davlatlar va bevosita yoki bilvosita Usmonlilar davlati bilan munosabatlariga oid minglab hujjatlar mavjudligi shubhasiz.
Jamg‘armaning eng muhim maqsadlaridan biri bu — tarixiy boyliklarni o‘zaro almashish va birgalikda foydalanish uchun ochib berish evaziga turkiy dunyoning madaniy qadriyatlarini keng targ‘ib qilishdir. Ana shu fundamental fikrdan kelib chiqib, o‘zbek tadqiqotchilariga turkiy arxivlar, qoida tariqasida, Turkiston geografiyasi va xususan, hozirgi O‘zbek davlati tarixiga oid noyob materiallardan o‘z ishlarida faol foydalanishga yordam beradigan loyiha ishlab chiqildi. Ushbu loyiha doirasida Turkiya arxivlaridan topilgan hujjatlardan Buxoro, Qo‘qon va Xorazm xonliklariga tegishlilari topildi.
Ushbu materiallarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
- xonliklarning ichki dinamikasi doirasidagi kurash;
- o‘sha davrda musulmon dunyosining eng muhim davlati bo‘lgan va xalifalik markazi hisoblangan Usmonli davlatini qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z qudratini mustahkamlashga urinishlar;
- elchilar orqali yuborilgan maktublar va Usmoniylar imperiyasining yuqori martabali rahbarlari tomonidan javob sifatida yozilgan maktublar;
- elchilar orqali so‘ralgan harbiy yordam va ushbu yordamga javob tariqasida to‘p quyuvchi ustalarni (qurol ustalarini) jo‘natish;
- elchi delegatsiyalarini joylashtirish, sovg‘alar, ma’muriy xarajatlar, tomoshabinlar, mukofotlar;
- Turkistonlik ziyoratchilarning ziyorat yo‘llari xavfsizligini ta’minlash;
- turk ziyoratchilarini Makka va Madinaga joylashtirish, shuningdek, kambag‘al ziyoratchilarning qaytishi uchun xarajatlar;
- so‘ralgan kitoblarni Turkiston madrasalariga jo‘natish;
- Turkiston aholisini, ayniqsa, Usmoniylarlar hududida yashovchi o‘zbeklarni joylashtirish amaliyotlari, jumladan, Usmonli fuqaroligini olganlarni oldingi ta’sir doirasidan chiqarish;
- Usmoniylar ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan o‘zbek talabalari, ularga sharoit yaratish haqida;
-Usmoniylar imperiyasi hududida yashovchi o‘zbeklar tomonidan yaratilgan jamg‘armalar, bu mablag‘larni boshqarish, ular amalga oshirgan tadbirlar;
-Usmonli ma’muriyati tomonidan hurmat qilingan o‘zbek ulamolari haqida ma’lumotlar. Ulamolar va ularning farzandlari soliq va shunga o‘xshash majburiyatlarni to‘lashdan ozod qilingan.
Bunday hujjatlar Usmonlilar arxivining farmon to‘plamlaridan iboratdir. Turkiya Respublikasi (1923 yildan keyin) davriga oid hujjatlar saqlanadigan Respublika arxivlarida esa 1991 yildan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi dekommmunizatsiya qilingach ikki davlat o‘rtasida boshlangan siyosiy va diplomatik munosabatlarga oid ma’lumotlar mavjud. Xususan, siyosiy-diplomatik munosabatlar doirasida savdo, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlik shartnomalari bo‘yicha hujjatlar bor.
Turk dunyosi madaniy merosini ayirboshlash yuzasidan ushbu arxiv hujjatlari katta ahamiyatga ega.
Ma’lumot uchun: Turkiy tillar tarixi va madaniyati fondi «TURKTAV» turkiy dunyo madaniy merosini asrab-avaylash bilan shug‘ullanadi, turli mamlakatlarning madaniyat va ta’lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Jamg‘armaning maqsadi — turkiy xalqlarning madaniy merosini asrab-avaylash, boyitish, madaniyatini aks ettirish va tarixiy ildizlarini, ma’naviy aloqalarini ochib berishda hamkorlik qilishdan iborat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter