Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek ilm-fani judolikka uchradi

O‘zbek ilm-fani judolikka uchradi

Foto:«O‘zA»

Fizik kimyo va yarimo‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi taniqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Saidov Muxtor Safarbayevich 89 yoshida vafot etdi.

M.Saidov 1930-yil 21-noyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mang‘it shahrida tug‘ildi. 1951-yilda Xorazm davlat pedagogika institutini tugatib, 1951-1954-yillarda Moskva davlat universiteti aspiranturasida tahsil oldi. 1954-yilda nomzodlik, 1970- yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. 1984-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.

M.Saidov o‘z mehnat faoliyatini 1954-yili Xorazm davlat pedagogika institutida katta o‘qituvchi sifatida boshladi. Keyinchalik Samarqand davlat universitetida kafedra mudiri lavozimida ishladi. Mehnat faoliyati davomida Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, direktor o‘rinbosari, Elektronika institutining direktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidiumi Fizika-matematika bo‘limining akademik-kotibi, «O‘zgeliotexnika» markazi rahbari kabi mas’ul vazifalarda xizmat qilgan.

Olimning yarimo‘tkazgichlar texnologiyasi sohasining nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalari, kitob va monografiyalari yurtimiz va xorijiy mamlakatlar ilmiy jamoatchiligiga yaxshi ma’lum. Uning bir qator ilmiy ishlanmalari iqtisodiyotimiz tarmoqlarida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelmoqda.

M.Saidov «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» faxriy unvoni, O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring