Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zA Italiyaning eng nufuzli axborot agentligi bilan memorandum imzoladi

O‘zA Italiyaning eng nufuzli axborot agentligi bilan memorandum imzoladi

ANSA Italiyaning Yevropa, Janubiy Amerika, Afrika va Osiyo bo‘ylab 70 ga yaqin xalqaro hamkorlar bilan kelishuvga ega, 50 dan ziyod mamlakatda muxbirlari faoliyat yuritayotgan milliy axborot agentligi. Bugungi kunda dunyoning besh qit’asida 73 xorijiy idorasi, 22 vakolatxonasi bor.

Kecha, 21 iyun kuni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA va Italiyaning ushbu axborot agentligi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Tadbir davomida O‘zA Bosh direktori A.Ko‘chimov jahon miqyosida OAV bilan aloqalarni mustahkamlash agentlik uchun strategik vazifa hisoblanishini qayd etdi.

– Ayni payt biz barcha mintaqalardagi yirik axborot agentliklari bilan faol axborot almashyapmiz. ANSA bilan sheriklik esa butun mintaqa faoliyatini o‘rganish, Yevropa bilan tezkor axborot almashishga zamin yaratadi, – dedi O‘zA rahbari. – ANSA O‘zAning G‘arbiy Yevropadagi birinchi axborot hamkoridir.

Memorandumga muvofiq, ikki agentlik bundan buyon muntazam ravishda Toshkent va Rimdagi elchixonalar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi, maqola va video lavhalardan foydalanish vakolatiga ega bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring