Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oyog‘i yerdan uzilgan hamda maishatboz rahbarlar tanqid qilindi

Oyog‘i yerdan uzilgan hamda maishatboz rahbarlar tanqid qilindi

«O‘rganishlar natijasi va bizga turli manbalardan yetib kelgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim vazirlar va hokimlarning oyog‘i yerdan uzilib qolgan.

Ba’zi viloyat, tuman va shahar hokimlari, vazirlik yoki idoralarning mas’ul rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketganlar», — dedi Prezident administratsiya rahbari Sardor Umrzoqov bugungi yig‘ilishda.

«Bunday xunuk holatlarni faqat biz emas, butun xalqimiz, keng jamoatchilik ko‘rib-bilib turibdi. Jamiyat uyg‘ongan, jamoatchilik nazorati kuchaygan bugungi zamonda hech bir mutasaddining yurish-turishi nazardan chetda qolmaydi.

Hurmatli Prezidentimiz yuksak ishonch bildirib aytgan «Hokimlar mening vakilim», degan so‘zlarini suiiste’mol qilib, bunday sharafli mas’uliyatni unutgan hokimlarni, xalqni aldash, maishatbozlik qilish, islohotlarga bepisand qarash bilan kun o‘tkazayotgan mas’ul shaxslarni kim deb atash mumkin?», — dedi Administratsiya rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring