Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oxirgi bosqichdagi saratonga ham dori topildi

Oxirgi bosqichdagi saratonga ham dori topildi

Foto: «National Institutes of Health»

AQShda Jon Hopkins nomidagi Onkologiya markazi qoshidagi Saraton immunoterapiyasi instituti olimlari rivojlanib boruvchi va davolashning boshqa usullariga bo‘ysunmaydigan melanoma, buyrak-hujayra saratoni yoxud mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka saratoniga qarshi kurashda nivolumab (anti-PD-1) preparati sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qilishdi. Bu haqda MedicalXpress press-relizida xabar berildi.

Tadqiqotda 270 kishi ishtirok etgan. Nivolumabning ko‘p yillik sinovlari natijasiga ko‘ra, yangi preparat yordamida tirik qolishning besh yillik ko‘rsatkichlari boshqa turdagi terapiyalarga, jumladan, 2008-yilda ommalashgan kimyoterapiya, kinaza ingibitorlari, biologik terapiya va davolashning o‘zga usullariga qaraganda yuqori chiqqan.

Oddiy terapiyada to‘rtinchi bosqichdagi teri saratonidan qiynalayotgan bemorlarda besh yillik tirik qolish darajasi 5 foizni, mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka saratonida 6 foizni tashkil etgan. Nivolumab esa melanoma uchun 34,2 foiz, buyrak-hujayra saratoni uchun 27,7 foiz, o‘pka saratoni uchun 15,6 foiz tirik qolishga ko‘maklashadi.

Nivolumab PD-1 molekulalarining faolligini bloklaydi: u saraton o‘smasiga hujum qiluvchi hujayralarni ushlab turuvchi immun nazorat nuqtasi hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring