«Ovchilarmi yo brokonerlar?» — Ekoqo‘mita holatga oydinlik kiritdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi holat. Ovchilarmi yo brokonerlar? Tabiatni muhofaza qilish idorasi holatni o‘rganishini so‘raymiz» sarlavhali murojaat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan tezkor surushtiriv ishlari olib borildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, o‘rganish davomida Surxondaryo viloyati Boysun tumani «Temir darvoza» mahallasida yashovchi O‘zbekiston ovchilar va baliqchilar sport birlashmasi a’zolari S. Halimov (1991-yilda tug‘ilgan, oilali), F. Jumaqulov (1987-yilda tug‘ilgan, oilali), O. Jumaqulov (1978-yilda tug‘ilgan, oilali) ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovlangan quyon va kakliklarni Boysun tumani hududida ovlaganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan ular bilan suhbat o‘tkazilganda 32 dona quyon va 1 dona kaklikni joriy yilning 14-sentyabr kuni Boysun tumani tog‘li hududlariga chiqib ov qurollari bilan (respublika hududida ov qilish va baliq ovlash qoidalari va «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuniga zid ravishda) ovlaganliklari ma’lum bo‘ldi.
Fotosuratlarda aks ettirilgan besh nafar fuqarodan ikki nafari ov qilmagani aniqlandi.
Huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 90-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy jarimalar qo‘llanilib, hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, tarmoqlarda tarqalgan foto suratdagi ovlangan kakliklar 2019-yil O‘zbekiston ovchilar va baliqchilar sport birlashmasi a’zosi fuqaro S. Xalimov tomonidan tegishli hujjatlarga asosan ovlaganliklari aniqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter