Otabek Umarov Saida Mirziyoyevaga tabrik yo‘lladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kenja kuyovi Otabek Umarov 4 noyabr kuni o‘z tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyevaga tabrik yo‘lladi.
«Hurmatli Saidaxon, tug‘ilgan kuningiz bilan chin dildan tabriklayman! O‘zingizga bo‘lgan ishonch va iroda hech qachon tark etmasin! ⠀
Mukamallikka intilish – hayotingiz mazmuni ekan, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishish yo‘lidagi barcha qiyinchiliklar doim ortga chekinsin. ⠀
Siz men uchun qadrli bo‘lgan akajonimning quvonchi, suyukli rafiqasisiz. Farzandlaringiz Miromon va Saodatxonlar doimo o‘z yutuqlari bilan ko‘nglingizni tog‘dek ko‘tarib yurishlariga tilakdoshman! ⠀
Omad, quvonch va mehr hayotingizda hamisha hamroh bo‘lsin», deyiladi tabrikda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva 1984-yil 4-noyabrda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.
2006-yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tugatgan. 2006-2008-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti hamda 2008-2010-yillardan M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistranti bo‘lgan.
Saida Mirziyoyeva 2010-2018-yillarda ilmiy tadqiqot faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan. 2018-yildan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tadqiqotchisi. Shuningdek, 2018-yildan hozirga qadar M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Strategik tadqiqotlar markazi ilmiy xodimi hisoblanadi.
U 2019-yildan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter