Surxondaryolik blogger Otabek Sattoriy ishi uning advokati, «Ezgulik» jamiyati yurist-konsultanti Umid Davlatovning Prezident portaliga yozgan shikoyatiga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudiga o‘tkazildi.
Bu haqda «Ezgulik» jamiyati Abdurahmon Tashanov xabar
berdi.
Bloggerga nisbatan jinoyat ishi apellatsiya bosqichida Samarqand viloyati sudida ko‘riladi.
Jinoyat ishi ko‘rilishi sanasi hali belgilanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Otabek Sattoriy 2021-yil 10 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudida 6 yilu 6 oy qamoq jazosiga hukm
qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter