Ota-ona qaramog‘idan mahrum 38 bolaga uy berildi
Qashqadaryoda 38 nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joy berildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Viloyat hokimi Murotjon Azimov ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ajratilgan uylar kalitini o‘z egalariga topshirdi. Prezident qarori ijrosini ta’minlanishi ortidan viloyatda yashovchi ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning yana 38 nafari yangi yilni o‘z xonadonlarida kutib olishadigan bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, joriy yilning 30 iyun «Yoshlar kuni» munosabati bilan ham 30 nafar yoshlarga uy topshirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter