Orolning qurigan tubida yana 1 mln. gektar o‘rmonzor barpo etiladi
![Orolning qurigan tubida yana 1 mln. gektar o‘rmonzor barpo etiladi](https://static.xabaruz.com/crop/3/4/720_460_95_3487051708.png)
Orol dengizining suvi qurigan hududlarida 2018-2021 yillarda jami 1,6 mln. gektar maydonda «yashil qoplamalar» barpo etildi.
Mutaxassislarning aytishicha, ekilganiga 3 yil bo‘lgan o‘simliklarning bo‘yi 2 metrdan oshgan hamda chang va qumning havoga ko‘tarilishini to‘xtatishni boshlagan. Ma’lumot uchun: bitta saksovul 4-10 tonna ko‘chki qumini to‘xtata oladi.
Shuningdek, keyingi 5 yillikda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida 1 mln gektarda cho‘l o‘simliklarini ekish ko‘zda tutilgan.
Orolqumda o‘simliklarni ekish yangi o‘rmon ekotizimlarini yaratgani va bu yerda quyonlar, tulkilar, qirg‘ovullar, yovvoyi cho‘chqalar paydo bo‘lgani haqida avval xabar berilgan. Akademik Z.Novitskiyning ma’lum qilishicha, yaqin yillarda ushbu hududda asalarichilik va tuyachilikni ham rivojlantirish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter