Orolda yana 700 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» barpo etiladi
Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda «yashil qoplamalar» – himoya o‘rmonzorlari barpo etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (1031-son, 24.12.2019-y.). Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra, Orol dengizining suvi qurigan tubida «yashil qoplamalar» barpo etish davom ettiriladi.
Shunga ko‘ra, 700 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» barpo etiladi.
«Yashil qoplamalar» barpo etish uchun, jumladan:
- o‘rmon xo‘jaliklaridan qo‘shimcha 1000 nafar xodim jalb etiladi;
- ishchilar oziq-ovqat va maxsus kiyim-kechaklar bilan ta’minlanadi;
- cho‘l o‘simliklari urug‘lari zaxirasini jamg‘arish va ekish uchun uzluksiz yetkazib beriladi;
- aviatsiya, aloqa va boshqa xizmatlar jalb etiladi.
Shuningdek, qaror bilan tasdiqlangan «Yo‘l xatirasi»ga ko‘ra, 3 ming gektar maydonda mahsuldor yaylovzorlar barpo etiladi.
Mo‘ynoq shahrini ko‘kalamzorlashtirish uchun mos bo‘lgan daraxt ko‘chatlarini yetishtirish maqsadida Mo‘ynoq davlat o‘rmon xo‘jaligida 20 gektar maydonda ko‘chatxona tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter