Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Orol dengizi o‘rnida 500 ming gektar o‘rmonzor barpo etiladi

Orol dengizi o‘rnida 500 ming gektar o‘rmonzor barpo etiladi

Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda «yashil qoplamalar» – himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Dengiz qurishi va sho‘rlanishning tezlashuvi oqibatida so‘nggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xo‘jaligida foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoldi. Qurigan dengiz o‘rnida 5,5 million gektardan ortiq maydonni egallagan «Orolqum» sahrosi paydo bo‘ldi.

Qarorga muvofiq, Orol dengizining suvi qurigan tubida himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi.

Himoya o‘rmonzorlari barpo etish uchun 2019-yil mobaynida bosqichma-bosqich 100 mlrd so‘m ajratiladi.

Bundan tashqari, Orol dengizining suvi qurigan hududida 2019-yil davomida jami 500 ming gektar maydonda himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi.

Avvaroq, Orol dengizi tubidan suv chiqqani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring