«Omad lotto» ishtirokchisi milliarder bo‘ldi

«Omad lotto» lotereyasi «36 dan 5» o‘yinining 501—tirajida bosh sovrin — 1 007 844 750 so‘mlik «JACKPOT» o‘z egasini topganini va ushbu baxtli inson Navoiy viloyatidan ekanligi aytilgan edi. O‘sha omadi kelib milliarderga aylangan — Egamov Rustam Naim o‘g‘li o‘z yutug‘ini qabul qilib oldi.
Rustam aka dadasi O‘ljayev Naim aka bilan Xalq bankining «Omad lotto» lotereyasini o‘yin joriy etilganidan buyon oilaviy o‘ynab kelishini ta’kidladi. U bungacha bir million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘larni qo‘lga kiritib kelgan ekan.
G‘olibimiz bugungi «JACKPOT» ajoyib tarzda yutilganini esladi: «Har gal lotereya o‘ynaganimda yo‘limga uchragan avtomobil yoki uylar raqamlariga qarab taxminiy kombinatsiyalar tuzib boraman. Bir kuni katta farzandimga 1 dan 36 gacha bo‘lgan raqamlar orasidan ixtiyoriy 5 ta raqam aytishini so‘radim, qizim beshinchi raqam — 26 deyishiga ulgurmasdan, ukasi men ham bitta raqam aytay deb 4 raqamini aytdi. Negadir ikkinchi farzandim yosh bo‘lgani boismi, u aytgan raqamni emas 26 raqamini belgiladim, o‘sha kombinatsiyaga. Anchadan buyon «JACKPOT»ni yutishni orzu qilib yurardim. Niyatim holis ekan, bugun milliarderman. Bu pullar bilan kelajakda uy-joyimizni kengaytirib, undan samarali foydalanishni rejalashtirganmiz», — deydi omadiga ishongan inson Rustam aka.
Ma’lumot uchun, qahramonimiz «Omad lotto» lotereyasining 501—tirajida 1, 36, 12, 24 va 26 raqamlarini belgilagan.
Barchaga shunday g‘oliblik nasib etsin!
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter