Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy ta’lim sohasida ikkita ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Oliy ta’lim sohasida ikkita ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan «Oliy ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun» hamda «O‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun» ko‘krak nishonlari ta’sis etiladi.

Ko‘krak nishoni bilan oliy ta’lim sohasida yoshlarni voyaga yetkazishda fidokorona mehnat qilayotgan, yorqin iste’dodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt o‘rtasida hurmat qozongan faol, tashabbuskor, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni vatanparvarlik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlanadi, deyiladi loyiha matnida.

«Oliy ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun» hamda «O‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun» ko‘krak nishonlari 1oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida topshiriladi. «Oliy ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun» hamda «O‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun» ko‘krak nishonlari bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

Markaziy bankning «Davlat belgisi» davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining buyurtmasiga asosan «Oliy ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun» hamda «O‘rta maxsus va professional ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun» ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomasi tayyorlanishi belgilangan tartibda ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring