Olimlar xavotiri: yangi iqlimiy hodisa jahon iqtisodiga katta zarba beradi
Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, shu yil yozda vujudga kelishi kutilayotgan El-Nino hodisasi tufayli jahon iqtisodiyoti 3 trillion dollar yo‘qotishi mumkin.
Bu haqda Science jurnalida xabar berilgan.
Nashrning qayd etishicha, El-Nino Tinch okeanining ekvatorial qismining odatdagidan uch darajagacha qizishiga sabab bo‘ladigan tabiat hodisasidir.
Olimlarga ko‘ra, bu hodisa davlatlarning iqtisodiy o‘sishini cheklashga qodir va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun yillar kerak bo‘ladi.
Hodisa bilan bog‘liq isish yaqin oylarda boshlanishi kutilmoqda. May-iyul oylarida uning yuzaga kelish ehtimoli 35 foizga, iyun-avgust oylarida esa 55 foizga oshadi, deya yozadi nashr.
Meteorologlarga ko‘ra, yozda rivojlanishi kutilayotgan El Nino Xindixitoy yarim oroli, xususan dunyoda guruch eksportida ikkinchi o‘rinni egallaydigan Tailandda qurg‘oqchilikni yanada avjlantirib, sholi hosiliga jiddiy xavf tug‘dirishi maksimalga yaqin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter