Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar televizor tomosha qilishning yangi xavfini ma’lum qilishdi

Olimlar televizor tomosha qilishning yangi xavfini ma’lum qilishdi

Foto: «Korrespondent»

AQShning Minnesota universiteti olimlari ko‘p vaqt davomida televizor ko‘rish tomir trombozi xavfini oshirishini aniqladilar. Bu haqda «Korrespondent» nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shifokorlar 24 yil mobaynida 45-64 yoshli 15 ming nafar amerikalikning sog‘lig‘ini kuzatib, ularning ahvoli va turmush tarzi haqida muntazam so‘rov o‘tkazib kelishgan.

Bu vaqt oralig‘ida 691 ta tomir trombozi holati aniqlangan. Unga ko‘ra, televizor qarshisida muntazam ravishda vaqt o‘tkazadigan kishilar ushbu kasallikka 1,7 marta ko‘p uchraydilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring