Olimlar o‘ta xavfli kasallikning kutilmagan alomatini aniqlashdi
Jigar saratoni rivojlanayotganidan axlat rangi bo‘zarishi ham dalolat berishi mumkin. Bu haqda Duglas Makmillan nomidagi saratonga qarshi kurash xayriya tashkiloti qo‘llanmasidan aytilgan, deb yozadi «Daily Express».
Mutaxassislar kasallikning boshqa alomatlarini ham sanab o‘tishgan: ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik, qorinning o‘ng qismida og‘riq va shish, shuningdek, teri va ko‘z oqining sarg‘ayishi shular jumlasidan.
«Bularning hammasi boshqa kasalliklar tufayli ham kelib chiqishi mumkin. Shu bois shifokorga murojaat qilish kerak», — deyiladi xabarda.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish, diabet va ortiqcha vazn jigar saratonini keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, kasallikning rivojlanishiga irsiy moyillik ham ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter