Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtobusda yonib ketganlarning o‘limi bo‘yicha tibbiy ekspertiza xulosasi berildi

Avtobusda yonib ketganlarning o‘limi bo‘yicha tibbiy ekspertiza xulosasi berildi

Foto: «Kazinform»

Oqto‘ba viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Aset Kaliyev Irgiz tumanida yonib ketgan avtobusda halok bo‘lganlarning o‘limi yuzasidan tibbiy xulosani aytdi.

— Biz tuni bilan halok bo‘lganlarning o‘limi sabablarini o‘rgandik. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, odamlar tutundan bo‘g‘ilib emas, termik kuyish oqibatida vafot etgan. Biz o‘z ishimizni yakunladik. Endilikda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ishni davom ettirishlari mumkin.

Avval xabar berganimizdek, avtobusda 57 nafar fuqaro bo‘lgan. Ulardan 52 nafari vafot etgan. 5 nafari esa avtobus ichidan chiqib qolishga ulgurgan. Ularning uch nafari Qozog‘iston fuqarosi, ikki nafari esa O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Yuz bergan hodisa munosabati bilan «tezkor liniya»lar ishga tushirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring