Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘lim xavfini kuchaytiruvchi va immunitetni 15-20 barobar pasaytiradigan mahsulot

O‘lim xavfini kuchaytiruvchi va immunitetni 15-20 barobar pasaytiradigan mahsulot

Foto: Xabar.uz

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kuniga o‘rtacha 56 gramm shakar iste’mol qilgan insonda yurak-qon tomir xastaliklaridan o‘lim holati ushbu mahsulot me’yoriga amal qilmaydiganlarga qaraganda ikki marta kam kuzatiladi.

Ko‘pchilik shakarni zararsiz deb o‘ylaydi. Bu noto‘g‘ri. Ushbu mahsulotning me’yordan ortig‘i semirish va qandli diabet xastaligini keltirib chiqaradi. Uni ko‘p iste’mol qilish bu shirinlikning qondagi miqdorini oshiradi. Oqibatda tanadagi ortiqcha shakar tezgina yog‘ga aylanadi.

Bunday yog‘lar teri osti, oshqozon-ichak atrofi va qon tomir devorlariga yopishib, qonning oqishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada yuqori qon bosimi, miokard infarkti, insult kabi og‘ir xastaliklar kelib chiqadi. Shuningdek, shakar:

- yolg‘on ochlikni paydo qiladi;
- o‘rganib qolish hissini chaqiradi;
- organizmni V turdagi vitaminlardan mahrum qiladi;
- yurakka nojo‘ya ta’sir etadi;
- tanadan kalsiyni yuvib chiqaradi;
- immun tizimini 15-20 barobar zaiflashtiradi;
- insulinga sezgirlikni pasaytiradi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 25-30 gramm shakar kunlik miqdor uchun yetarli hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring