Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oktyabr oxirida ob-havo qanday o‘zgarishi ma’lum qilindi

Oktyabr oxirida ob-havo qanday o‘zgarishi ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» prognozlariga ko‘ra, oktyabr so‘nggida O‘zbekiston janubdan issiq havo to‘lqinlari seriyasini qabul qiladi.

29-30-oktyabr kunlari respublika bo‘ylab yuqori harorat kuzatilishi ma’lum qilinmoqda.

Shimolda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 28-oktyabrda 20-25° iliq, 29-oktyabrda 22-27° iliq, 30-oktyabrda 17-22° iliq bo‘ladi.

29-oktyabr kuni respublikaning derli barcha viloyatlarida +27 darajagacha, janubda qariyb +30 darajagacha issiq harorat kutiladi.

Vodiy hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-29-oktyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq, 30 oktyabrda kechasi 9-14° iliq, kunduzi 22-27° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring