O‘ktam Barnoyev, Shodmonov va Otabekovlarning holati haqida ma’lumot berildi
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Rustam Ikromov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda koronavirus bilan bog‘liq muhim savollarga javob berildi.
Surxondaryo va Buxoro viloyati hokimlari, Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev, sog‘liqni saqlash vaziri Shodmonov, Nurmat Otabekov va boshqa mansabdorlarning salomatligi va bugungi holati haqida ma’lumot bersangiz?
Ayni kunlarda ularning salomatligida tashvishli narsa yo‘q, davolanish davom etmoqda.
COVID-19 bilan kasallanganlarning uyda davolanishiga qarshiman. Shunga chora ko‘rish mumkinmi?
Bu amaliyot nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo mamlakatlarida joriy etilgan.
Ushbu amaliyotni joriy etish bilan, avvalo, virusdan zararlangan oilalarni bir vaqtda kuzatuvga olib, ularni infeksiyadan tezroq foriq bo‘lishlariga erishilyapti. Qolaversa statsionar sharoitda davolanishga muhtojlarga shifo-o‘rinlarini zaxirasini yaratishga erishilyapti.
Hozirgi pandemiya davrida tibbiyot uskunalariga qo‘lqopsiz tegish mumkinmi?
Bilamizki virus yuzalarda ma’lum vaqt saqlanib qoladi. Bizning ayni kunlardagi talabimiz — tibbiyot xodimlari tomonidan ish jarayonida qo‘lqop bilan ishlashlarini ta’minlashga qaratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter