Oilaviy muammolarning tub ildizi nimada?
Bugungi kunda keng tarqalayotgan oilalar buzilishining tub ildizi, menimcha, sharqona mentalitetimiz va globallashuv jarayonida kirib kelayotgan, biz uchun yot bo‘lgan tutumlar o‘rtasidagi to‘qnashuvga borib taqaladi.
Dunyoning turli burchaklarida odamlarning yashash tarzi, jumladan, er-xotin, qaynona-kelin munosabatlari turfa xil bo‘lishi tabiiy bir holdir.
Oldinlari insonlar transport, telekommunikatsiya, qonun-qoidalarning boshqacha bo‘lgani kabi ko‘plab sabablar tufayli dunyoning boshqa joylarida yashovchi odamlarning turmush tarzi bilan bugungidek yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmagan.
Bugun biz uchun ikki dunyo bir qadam.
Ko‘zimiz va quloqlarimiz orqali kirib kelayotgan ma’lumotlar, g‘oyalar miyamizdan joy oladi. Natijada u fikrimizga, dunyoqarashimizga, ma’naviy o‘lchovlarimizga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Oqibatda bizda ikki (yoki bir necha) xil o‘lchovlar paydo bo‘ladi. Bu esa hayotimizda o‘z aksini topadi. Oilaga, turmush o‘rtog‘imizga, uning yaqinlariga munosabatimiz ham bu ta’sirdan chetda qolmaydi. Fikrimcha, shuurimizdagi manfaatimizni himoya qiluvchi istinktimiz haqimizni talab qilayotganimizda bir o‘lchov bilan, qarzimizni to‘layotganimizda (burchimizni bajarayotganimizda) esa boshqa bir o‘lchov bilan yo‘l tutishga undaydi. Bu esa doim ham oilaning umumiy manfaati uchun foydali bo‘lavermaydi, aksincha, aksariyat hollarda muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Begona mentalitet belgilarining hayotimizga ta’sirini o‘rganish ko‘plab muammolarni bartaraf qilish imkonini berishi mumkin.
Alisher Sotivoldiyev
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter