Ogoh bo‘ling: xazon yoqqan shaxs katta jarimaga tortilishi mumkin

Kuz fasli kelishi bilan xazonrezgi mavsumi boshlanib, aholimiz yana bir muammoga – to‘kilgan barglar va kesilgan shox-shabbalarning yoqib yuborilayotganiga duch keladi.
Bunday harakat huquqbuzarlik bo‘lib, «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha - 3,3 million so‘mgacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, somon yoqilishi sababli ushbu yerdagi tuproq unumdorligining kamayishi oqibatida yetkazilgan zarar summasi majburiy tartibda undiriladi.
Qurigan barglar yoqilganda hosil bo‘ladigan tutundan minglab odamlar nafas olib sog‘lig‘ini havf ostiga qo‘yadi. Birinchi navbatda insonning o‘pka tizimi zararlanadi. Zaharli moddalar qon orqali butun tanaga tarqab, buyrak, jigar, bosh miya va nerv sistemasiga katta zarar yetkazadi.
Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra 1 tonna qurigan barg yonganda havoga 9 kg gacha tutun mikrochastitsalari ajraladi. Bu mikrochastitsalar tarkibiga: chang, azot oksidi, is gazi, og‘ir metallar hamda inson uchun eng havfli moddalardan – dioksin va dioksan kiradi. Bu zaharli moddalar inson organizmiga tushgach immun tizimini zararlaydi, gormon va vitaminlar faoliyatini izdan chiqaradi.
Shuningdek qurigan maysa va barglarni yoqish natidasida tuproq qatlamining foylali mikroorganizmlari – yomg‘ir chuvalchanglari, mayda hasharotlar nobud bo‘ladi. Maysalarga o‘t qo‘yilsa, olov juda tez tarqalib boshqarib bo‘lmas kuchga aylanadi, natijada daraxtlar, o‘rmon va uylarni kulga aylantirishi mumkin.
«Fuqarolardan shunday holatlarga duch kelgan taqdirda 11-57 ishonch raqamiga qo‘ng‘roq qilib, xabar berishlarini yoki @ecogovuz_bot Telegram botiga murojaat qilishlarini so‘raymiz», deyiladi Ekologiya vazirligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter