Og‘ir kasalliklar shifosi yadro meditsinasiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda
Kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyevning Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurganini, u yerdagi bemorlar va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, og‘ir xastalikka uchragan fuqarolarimiz bilan dildan suhbat qurganini ko‘rib, to‘lqinlanib ketdim.
Ilk bor, barcha hududiy onkologik muassasalar jami 22 ta zamonaviy nur terapiyasi uskunalari bilan jihozlanishi, tibbiyot markazi bilan barcha filiallar o‘rtasida telemeditsina amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi haqidagi ma’lumotlar, ayniqsa, ahamiyatli edi.
Buning uchun har bir hududga mobil mammograflar va pozitron-emission tomograflar yetkazib berilishi, saraton kasalliklarini erta aniqlaydigan laboratoriyalar tashkil etilib, maxsus onkomarkerlar tekshiruvlari yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.
Albatta, bularning barchasi yadro meditsinasi bilan bog‘liq bo‘lib, shu kunlarda Moskvada safarim chog‘ida «Rosatom» kompaniyasining faoliyati bilan yanada yaqinroq tanishar ekanman, atom texnologiyalaridan insonlar hayotini va farovonligini oshirish uchun turli sohalarda samarali qo‘llanayotgani, ayniqsa, eng murakkab kasalliklarni davolash uchun yadro tibbiyoti tarmog‘iga jiddiy e’tibor berilayotgani diqqatimni tortmay qolmadi.
«Rosatom» korporatsiyasi Rossiya hududida tibbiyotni rivojlantirishga katta qiziqish bildirmoqda. Jumladan, davlat-xususiy sherikligi asosida sog‘liqni saqlash sohasida 2025 yilga qadar 25 ta infratuzilma loyihalarini buyond etish rejasini e’lon qildi.
Jumladan, 3 ta yadro tibbiyoti markazi, 6 ta alohida radionuklid terapiyasi bo‘linmasi, 11 ta sterilizatsiyaviy qayta ishlash markazi, 3 ta nur orqali davolovchi ko‘p funksiyali markaz ochiladi. Shuningdek, Obninskda izotoplar ishlab chiqarish va Istrada ishlab chiqarish maydonchalari yaratiladi.
Natijada kompaniyaning Sibir (Yakutsk, Barnaul, Krasnoyarsk va Irkutsk), Uralda (Yekaterinburg, Ozersk va Lesnoy) va Yaqin Sharq (Janubiy Saxalinsk, Birobidjan, Vladivostok) mintaqalari taraqqiyotida ishtirok kengaymoqda.
«Rusatom Xelskea» kompaniyasi 2017 yilda «Rosatom» korporatsiya doirasida alohida tuzilma bo‘lib chiqqan. Tibbiyot, jumladan onkoradiologiya, radiatsion va yadro tibbiyot yo‘nalishlarida zamonaviy texnologiyalar, izotop, ion nurlanishlar, diagnostika va terapevtik o‘nlab asbob-uskunalar ishlab chiqarish va yetkazib berish, sanoatda qo‘llash borasida yagona integrator hisoblanadi.
X-nurlar yordamida zararli hashoratlarni yo‘q qilish, binolar, ko‘priklar va quvurlar qurilishida ularning kostruksiyalari va mexanizmlarini sifatini hamda xavfsizligini radiografik nazorat o‘rnatishda, kompozitsion materiallar ishlab chiqarish, additiv texnologiyalar, shamol energetikasida ham juda qo‘l kelmoqda.
Gulruxsor Ravshanova,
xalqaro jurnalist
Toshkent-Moskva
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter