Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ofatlar yuz berganda yo‘qolgan hujjatlarni tiklashda to‘lov olinmaydi

Ofatlar yuz berganda yo‘qolgan hujjatlarni tiklashda to‘lov olinmaydi

Foto:«Xabar.uz»

«Favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan O‘zbekiston va xorijiy davlatda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (ofatlar) yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan hujjatlarni tiklashda ular davlat boji va yig‘imlardan ozod qilinadi.

Ofatlar yuz berganligini tasdiqlash, zarurat bo‘lganda, hujjatni tiklash vakolati bo‘lgan davlat organining so‘roviga asosan:

- O‘zbekiston hududida – Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan beriladigan ma’lumotnoma asosida;

- Xorijiy davlatlar hududida – xorijiy davlat vakolatli idoralari tomonidan berilgan va legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan yoxud xalqaro shartnomalarga muvofiq rasmiylashtirilgan ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston hududida ofatlar yuz berganligi oqibatida hujjatlarni tiklaganlik uchun undirilmagan to‘lovlar, mazkur holatlar yuzasidan aybdor shaxslar (tashkilotlar) mavjud bo‘lsa, keyinchalik ulardan regress tartibida undiriladi.

Ofatlar yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz hujjatlar yo‘qotilsa yoki yaroqsiz holga kelsa, ularga nisbatan jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring