Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurmat Otabekov nega koronavirus bilan kasallanish oshganiga izoh berdi

Nurmat Otabekov nega koronavirus bilan kasallanish oshganiga izoh berdi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekistonda aholi orasida koronavirus bilan kasallanish birdaniga ortganiga sabab nima?

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ushbu savolga javob qaytardi.

«Dunyoda ushbu kasallik qayd etilishi bir kunda 300 mingga tushishi bilan biz xotirjamlikka berila boshladik. Hozirda esa jahon bo‘yicha bir kunda 500-550 ming yangi bemor ro‘yxatga olinyapti va afsuski, har kuni 10 mingga yaqin odam shu virus tufayli vafot etyapti.

Haddan ortiq bemalolgarchilikka berilish, kasallik yuqib qolishi mumkin degan xavotirning yo‘qolishi, qator tavsiyalarga e’tiborsizlik — niqob taqmaslik, ijtimoiy masofa saqlamaslik, antiseptik vositalardan foydalanmaslik oqibatida kasallanish ko‘rsatkichi oshib ketdi.

Dam olish va sayr qilish istagida xorijiy davlatlarga borish, u yerlarda epidemik noxush hududlardan kelgan shaxslar bilan muloqotda bo‘lish natijasida COVID-19 infeksiyasi va uning «Britancha» shtammlari ham respublikamiz hududiga kirib keldi».

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalarda O‘zbekistonda koronavirusa chalinish holatlari oa boshladi. Natijada 15-martdan boshlab karantin qoidalariga amal qilish ustidan nazorat kuchaytirildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring