O‘zbekiston muftiysi Xalqaro ulamolar kengashi a’zosi bo‘ldi
Muftiy Nuriddin domla Holiqnazarov hazratlari Xalqaro musulmon ulamolar kengashi a’zosi bo‘ldilar.
Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi uchrashuvda ma’lum qilgan:
«Mana, kuni kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlari Qatardagi Xalqaro musulmon ulamolar kengashiga a’zo bo‘lganlari, barchamizga mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Buyam o‘tgan davrda diniy-ma’rifiy sohada olib borgan islohotlarimizning xalqaro e’tirofi, xalqimizning Islom dini rivojiga qo‘shayotgan hissasiga berilgan yana bir yuksak baho, desak to‘g‘ri bo‘ladi» - dedi Shavkat Mirziyoyev uchrashuvda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter