Normat Tursunov Navoiy viloyatining hokimi etib tasdiqlandi
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida viloyatga hokim tayinlash bo‘yicha tashkiliy masala ko‘rib chiqilayotgani xabar qilingandi.
Taqdimotdan so‘ng viloyat kengashi deputatlari nomzodning taklif va rejalarini muhokama qildi, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
So‘ng Navoiy viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Normat Tursunov Navoiy viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.
Sessiya yakunida Prezidentimiz xalq vakillari tomonidan yuksak ishonch bildirilgan Normat Tursunov endi o‘z faoliyatida adolat, sadoqat, halollik va fidoyilik bilan ko‘p yillar Navoiy viloyati ahliga xizmat qilishi lozimligini aytdi.
Yangi hokim bugundan boshlab o‘zining o‘rinbosarlari, tuman va shaharlar hokimlari, sektor rahbarlari, faollar, tadbirkorlar va yoshlarni birlashtirib, har bir tuman va shaharni, qishloq va mahallani rivojlantirish choralarini ko‘rishi lozimligi ta’kidlandi, deyiladi davlat rahbarining matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter