Norin daryosining chap qirg‘og‘idagi holat haqida ma’lumot berildi
Kecha, 26-yanvar kuni FVV Namangan viloyatining Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Norin daryosining chap qirg‘og‘ida yemirilish oqibatlarini bartaraf etish boshlangani haqida xabar bergandi.
Bugun bu yerdagi ayni holat va qilinayotgan ishlar haqida FVV qo‘shimcha ma’lumot berdi.
«FVV xodimlari FVDT xizmatlari kuch va vositalari bilan hamkorlikda dambani tiklashda davom etyapti. Xususan, FVDTga kiruvchi vazirlik va idoralarning 381 nafar ishchi va xodimi, 112 ta maxsus texnika vositasi jalb etildi. Ayni vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqinlarining oldini olish hamda yemirilgan damba qirg‘oqlarini mustahkamlash maqsadida 990 m³ xarsangtosh va 765 m³ shag‘al ishlari amalga oshirildi. Vaziyat nazoratga olingan va dambani mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan barcha vositalar yetkazib berilmoqda», deyiladi xabarda.
Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev voqea joyiga yetib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter