Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noqonuniy ov qilgan hokim o‘rinbosari va IIB mas’ulining ishi sudga oshiriladi

Noqonuniy ov qilgan hokim o‘rinbosari va IIB mas’ulining ishi sudga oshiriladi

Foto: Ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati

Ikki kun avval, ya’ni 2020-yil 16-oktyabr kuni qoq yarim tunda Xorazmning Turkmaniston bilan chegaradosh Tuproqqal’a tumanida 8 nafar fuqaro noqonuniy ov qilayotgani aniqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ma’lum qilmoqda.

Chegara oldi hududlarida bo‘lish rejimi hamda ov va baliq ovlash qoidalarini buzgan «sayyod»lar bir dona yovvoyi to‘ng‘izni otib o‘ldirishga ulgurishgan ekan. Agar qonunsizlik oldi olinmaganda o‘ljalar soni yanayam ko‘proq bo‘ilishi ehtimoli yuqori edi. Negaki, huquqbuzarlar yetarlicha tayyorgarlik ko‘rishgan, ulardan 6 ta ov quroli, 105 ta o‘q-dori  va 4 ta qarmoqlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgani bunga yaqqqol isbotdir.

Ayni paytda holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar sud idoralariga taqdim etish ishlari yakuniga yetib qolgan.

Voqelikdan boxabar «Xabar.uz» manbasi huquqbuzarlardan biri tuman hokimi o‘rinbosari, yana biri IIB mas’ul xodimi, qolganlari savdogarlar ekanini aytmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring