Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya beriladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya beriladi

Vazirlar Mahkamasining «Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligiga ko‘maklashishni rag‘batlantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi qaror loyihasi elon qilindi

Hujjatga ko‘ra, quyidagilarni joriy etish belgilangan:

- Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) – har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya berish;

- 2022 yil 1 iyuldan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida ijtimoiy buyurtma berish.

Nogironligi bo‘lgan shaxsni ishga qabul qilganlik uchun subsidiya olish maqsadida mahalliy mehnat organiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qilinadi. Murojaat 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring