Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyevning qizi Qozog‘istondagi ta’lim tizimi, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi muammolar haqida so‘zlab berdi

Nazarboyevning qizi Qozog‘istondagi ta’lim tizimi, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi muammolar haqida so‘zlab berdi

Aliya Nazarboyeva otasi Nursulton Nazarboyev bilan.

Foto: «Truenet.su»

«Youtube»da «O‘qituvchi izlab...» nomli hujjatli film paydo bo‘ldi. Filmda buyuk o‘qituvchi Shalva Amonashvili va uning boshqa hamkasblari bolalarni qanday tarbiyalash va ularga ta’lim berish jarayonidagi bilimlari va faqat o‘zlarigagina ma’lum sirlari bilan bo‘lishishadi.

Hujjatli filmda, shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning uchinchi, ya’ni kenja qizi Aliya Nazarboyeva ham qatnashib, farzandlari bilan qanday qilib yaqin munosabat o‘rnatgani haqida so‘zlab beradi:

«Maktablarimizdagi pedagoglar munosib insonlar, munosib ShAXSlar bo‘lishi nihoyatda muhim. Aks holda sen maktabga boshqa ta’lim-tarbiya olasan, uyda esa mutlaqo boshqacha yo‘l tutishingga to‘g‘ri keladi. Buni bolalar ham his qilishadi va shuning uchun ham senga (ya’ni ota-onaga) quloq solishmaydi. Pedagog o‘zi aytayotgan narsalarga ko‘cha-kuyda, faoliyatida o‘zi ham amal qilsa, ya’ni bolalarga aytadigan so‘zlari harakatlaridan farqlanmasa, u o‘quvchilarning sevimlisiga aylanadi va bolalar ham uning fanini sevishadi, berilib o‘qishadi. Aytishadiki, biz qaysi fanga mehr qo‘ygan bo‘lsak, aslida fanlarnimas, o‘sha fan o‘qituvchilarini yaxshi ko‘rganmiz».

Aliya Nazarboyeva oilasi bilan. 2015 yil may.
Foto: «Nur.kz»

Aliya Nazarboyevaning aytishicha, ota-onalar bolada xarakter va ijobiy xususiyatlarni shakllantirishi shart.

«Ular bu ishni odatda maktab va pedagoglarning yelkasiga yuklab qo‘yishadi. Biroq ular bu ishni unchalik ham do‘ndirib bajara olmaydilar baribir. Chunki o‘qituvchilar o‘zlari faqat bilim berishlari lozim, qolgan hammasini esa bola uyida oladi, deb hisoblashadi. (…) Bizda hozir xususiy maktablar ochilmoqda: ingliz, nemis, Amerika maktablari. Ularni bitiruvchi bolalarimizning ismi qozoqcha, mentaliteti nemischa bo‘ladi. Vataniga, o‘z mamlakatiga muhabbat muhabbat, o‘z xalqi, yurtiga nisbatan g‘urur hissini tuyishlari uchun biz ularda vatanparvarlikni rivojlantirish kerak», — deya ta’kidlaydi Aliya Nazarboyeva.

Jamoat arbobi bo‘lmish prezident qizi bolalarining mehrini qay tarzda qozonganini gapirib berdi:

«Masalan, umrimda birinchi marta katta qizimdan kechirim so‘radim. Men unga: «Qizim, onalar ham adashadi. Meni kechir, iltimos!» dedim. O‘sha kuni ko‘p ko‘z yosh to‘kildi. Men ham yig‘ladim, uham. Ushbu suhbatdan so‘ng ichimizda nimadir o‘zgardi, bir-birimizga ancha yaqinlashdik. Men unga: «Agar nohaq bo‘lsam yoki ukalaring, singillaringga noto‘g‘ri munosabat bo‘lsam, bunday paytda menga maslahat berib tur. Axir senga men ko‘rmayotgan jihatlar ayon bo‘lishi mumkin. Kel, birgalikda harakat qilaylik. Ko‘rayapsanmi, men ham yaxshi ona bo‘lishga intilayapman. Men buni ajoyib jarayon deb hisoblayman, u odamning ich-ichida kechadi. Agar o‘zing ich-ichingdan nimadir anglab yetsang, o‘zgarasan va yaqinlaringdan boshlab atrofingdagi butun olam yaxshi tomonga o‘zgara boshlaydi», — deya xulosa qiladi Nazarboyeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring