Navro‘z bayramida O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Bugun O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelishi boshlandi. Shimoliy hududlarda biroz yomg‘ir yog‘di, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kun davomida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Respublikaning qolgan hududlarida kun davomida quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kuning o‘rtasiga kelib, havo 20-25° iliqgacha isiydi. Faqat kechga tomon atmosfera fronti yaqinlashishida ba’zi joylarda yomg‘ir boshlanadi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikada shamolning 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda esa 23-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
20-mart kuni havo massalarining kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Ko‘pchilik tumanlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 10-15° iliqgacha pasayadi. Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi.
Bayram kuni 21-martda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Toshkent viloyatida esa yomg‘ir faqat kechasi va ertalab yog‘ishi mumkin.
22-martda respublikaning barcha hududlarida (shimoliy hududlardan tashqari) havo iliq va quruq bo‘ladi.
Havo harorati 21-22-martda 15-20° iliqgacha ko‘tariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter