Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda yirik o‘g‘rilik aniqlandi

Navoiyda yirik o‘g‘rilik aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan IIB, «O‘zenergoinspeksiya» va «Hududgaz Navoiy» GTF xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda «N-C.» MChJ rahbari F.A. Karmana tumani «Yangiariq» MFY hududida joylashgan noturar joy ob’yektida qum tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olish faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, ushbu noturar binoni hamda tabiiy gazni kuchaytirib beruvchi elektr nasosni tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr energiyasi va gaz tarmoqlariga ulab, jami 478,5 mln so‘mlik tabiiy resurslarni o‘g‘irlaganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Namangan va Sirdaryoga shunga o‘xshash holatlar aniqlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring